Ko‘pchilik tashqi qiyofasini tubdan o‘zgartirishga doim ham ko‘navermaydi. Biroq kasbiga muhabbat qo‘ygan aktyor va aktrisalar rolni mahorat bilan ijro etish va tomoshabinlarga istagan qahramonni taqdim etish uchun har qanday ko‘rinishda bo‘lishga tayyor. Iste’dodli grim ustalari yordamida mashhurlarni tanib olish esa juda ham mushkul — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Vaynona Rayder – “Qaychiqo‘l Edvard”

Foto: AdMe
Film sujetida o‘z xotirasini nevarasiga aytib beradigan keksa ayolning o‘tmishi tasvirlangan. Vaynona esa keksa ayol va yosh qahramon rolini qoyilmaqom tarzda ijro etgan.
Jim Kerri – “Lemoni Sniket: 33 baxtsizlik”

Foto: AdMe
Jim Kerri uchun turli xil ko‘rinishda rol ijro etish oson. Masalan, u serialning asosiy qahramoni –graf Olafni ishonchli tarzda namoyish etdi. Shuningdek, u yana ikkita qahramon – yordamchi Stefano va kapitan Shamning ham qiyofasiga kirgan.
Xelli Berri – “Bulutli atlas”

Foto: AdMe
Ushbu filmda aktrisa birdaniga 6 ta rolni ijro etdi. Ulardan biri uchun u shunchalik mohirona grim qilinganki, Xelleni ushbu rolda aslo tanishning iloji yo‘q.
Kris Evans – “Qor orqali”

Foto: AdMe
Kapitan Amerikani oddiy ovqat iste’mol qiladigan kambag‘al yigitga aylantirish qiyin kechdi. Biroq dizayner va grim ustalari professional makiyaj ortidan superqahramon ko‘rinishini hosil qildi.
Kameron Dias –“Jon Malkovich bo‘lish”

Foto: AdMe
Kameron ekranda Lotti Shvarts obrazini yaratish uchun keskin o‘zgarishlarga duch keldi.
Killian Merfi – “Sokin joy 2”

Foto: AdMe
Killian Merfi haqiqiy qiyofasidan uzoqda o‘zini qalin sochlar va soqollar bilan sinab ko‘rdi.
Oliviya Kuk – “Men, Erl va o‘layotgan qiz”

Foto: AdMe
Ushbu kartinadagi rol uchun aktrisa oqqon bilan kurashayotgan qizni tasvirlash uchun sochini oldirishga qaror qildi.
Bleyk Layvli – “Ritm bo‘limi”

Foto: AdMe
Kalta sochlar va nosog‘lom ko‘rinish – bu aktrisaning obrazga yaqin bo‘lishi uchun yuqori sifatli makiyaj.
Jared Leto – “Janob Hech kim”

Foto: AdMe
Jared 118 yoshli Nemo rolini o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. U Yerdagi o‘layotgan so‘nggi odam.
Mendi Mur – “Bu biz”

Foto: AdMe
Qarilik, shuningdek, 40 yoshni Mendi Mur ham sinab ko‘rdi.
Uillem Defo – “Vampirning soyasi”

Foto: AdMe
Vampir rolini Maks Shrek 2000-yilda ijro etgan. U hattoki mohirona qiyofasi uchun “Oskar”ning “Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor” nominatsiyasiga nomzod bo‘lgan.
Monika Beluchchi – “Aka-uka Grimmlar”

Foto: AdMe
Bunday mash’um obrazda Monika qahramonini atigi bir necha daqiqagina ko‘rish mumkin, ammo biz shisha malikani unutish qiyin.
Emma Tompson

Foto: AdMe
Haqiqatan ham har qanday obrazni ijro eta oladigan aktrisa turli xil rollarni mohirlik bilan aks ettirgan. 2004-yilda u birinchi bo‘lib “Garri Potter” filmlarida seriyasida bashorat qilish professori eksantrik Sivil Treloni qiyofasida paydo bo‘ldi. 2005-yilda u enaga-sehrgar Matilda Makfiyga aylandi. Va 2021-yilda u ekranda Kruella filmining asosiy antagonisti – baronessa fon Xelmanni aks ettirdi.