BU JIDDIYLIK:
-«Bu qanday magʼrurlik, bunga ne sabab?,
Kim xafa qildi, xoʼsh, kim buzdi asab?».
-«Bu mag’rurlik emas, jiddiylik faqat,
Jiddiylik — bezarar, ayni xaqiqat!…».
TOʼXTА, BАS:
-«Bu avtomashina — qaerga uchar?,
«Toʼxta, bas» — degan soʼz, borliqni quchar.
Аgar jazm qilsa, davom etmoqqa,
«Qutqaruv xizmati»n — majbur kutmoqqa!…».
MEDITАTSIYA;
-«Nima boʼldi?» — «Quloqmi?»,
-«Bilishdan men yiroqman,
Balkim, bu — «gratsiya»?»,
-«Yoʼq, bu — meditatsiya!…»
TАKRORLАYMАN:
-«Janob, sizni bormi aytar soʼzingiz?»,
-«Xikoyat xam aytaman, istasangiz!,
Lekin men baribir, oxir-oqibat,
Takrorlayman aytilganlarni — faqat!…».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF