
Xurmatli……………………………………………………!
Sizni xamkasb xaydovchilar nomidan tugʼilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Sizni baxoriy goʼzallik va orastalik xech qachon tark etmasin! Noanʼanaviy xaydovchilik kasbini egallab, boshqalarga oʼrnak boʼla olganingizni sharaflaymiz!Tugʼilgan kuningiz bilan!
Xurmatli……………………………………………………!
Sizni barchamizning nomimizdan tavallud ayyomingiz munosabati bilan muborakbod etamiz! Oʼzingizdagi tabiat inʼom etgan ayollik latofati xizmat vazifangizni ado etayotganingizda xam Sizni tark etmasin! Tavallud kuningiz muborak boʼlsin!
Xurmatli (Onajon, Singiljon, Xolajon…)
Sizni barcha oila aʼzolarimiz nomidan tavallud kuningiz munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizga mustaxkam sogʼlik va ayollik baxtini tilab qolamiz! Аvtoulovingizni xamisha beshikast boshqarish nasib etsin!Tavallud ayyomingiz muborak boʼlsin!
Xurmatli……………………………………………………!
Sizni shu «yoʼnalish»dagi barcha kasbdoshlaringiz nomidan tavallud ayyomingiz bilan qizgʼin muborakbod etamiz! Sizga oilaviy baxt-saodat va farovon turmush xamisha xamrox boʼlsin! Bundan buyon xam yoʼnalishimizda avvalgidek oʼz oʼrningizni toʼldirib yurishingizda tilakdoshmiz! Tavallud kuningiz qutlugʼ boʼlsin!
Xurmatli……………………………………………………!
Sizni korxonamiz jamoasi nomidan tavallud kuningiz munosabati bilan qizgʼin qutlaymiz! Sizga oilaviy baxt-saodat va toʼkin-sochinlik tilab qolamiz! Аyol boshingiz bilan, shunday maʼsuliyat talab etuvchi kasb egasi sifatida, bundan buyon xam xuddi xozirgiday muvaffakkiyatli faoliyat yuritib, korxonamizdagi barcha xotin-qizlarga naʼmunali oʼrnak boʼlishingizda tilakdoshmiz! Tavallud ayyomingiz muborak boʼlsin!
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF