
Аvtoulovingiz — turibdi kishnab,
Chang-gʼubor yoʼq unda, turibdi yashnab.
Xulqingiz biz uchun — doim «etalon»,
Boshqaring taʼmirsiz, otmasin balon.
Аyyom kuni Sizga — fidodir yurak,
Tugʼilgan kuningiz — boʼlsin muborak!
Ustoz va shogirdning anʼanasi bor,
Xayrli ishlarning tantanasi bor.
Bugun biz shogirdlar — etamiz taʼzim,
Аyyomni nishonlab, qilaylik bazm.
Kasbimiz madx etib, chalsak bugun soz,
Tavallud kuningiz — muborak ustoz!
Qarang — oilamiz, bugun jamul-jam,
Xammamiz yigʼildik, xa, faqat Siz kam.
Sizga yoʼldosh boʼlsin, xamisha omad,
Аvtoulovingiz — bersin daromad.
Taʼmirga muxtojlik — sezmang sira xam,
Bugun ayyomingiz — koʼraylik baxam!
Naʼmuna kasb etgan — bizning «yoʼnalish»,
Shu sabab, yoʼldoshdir — bizga yuksalish.
Bu yutuq ildizi — qadalgay Sizga,
Oʼrnak koʼrsatgancha, xar ishda bizga,
Xamisha bor boʼlsin, mudom oʼrningiz,
Barchamiz qutlaymiz — ayyom kuningiz!
Barcha kasbdoshlar, yigʼilib bugun,
Аyyomga toʼplandik, chexralar gulgun.
Sizga nasib etsin, baxtu-saodat,
Tilak bildirmoqlik — azaliy odat.
«Pyatak»dagi barcha — kasbdoshlar bunda,
Shunday xursandchilik — bor boʼlsin kunda.
Doimo manzilga — bexatar yeting,
Bugun toʼrga oʼtib — bizni shod eting!
Korxonamiz axli — yigʼilgan qarang,
Olam xam oʼzgacha, bugun rang-barang.
Farovonlik tilar — kasbdoshlar Sizga,
Xissangiz beqiyos — jamoamizga.
Yosh-qari barchasi, Siz bilan safdosh
Tavallud kuningiz — muborak kasbdosh!
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF