Antioksidantlarga boy bo‘lgan ushbu sabzavot nafaqat shamollashning oldini oladi, balki yurak va ichaklar faoliyatini me’yorda bo‘lishiga ham hissa qo‘shadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Freepik

Bir dona o‘rtacha kattalikdagi piyoz quyidagilarni o‘zida mujassam qiladi:

  • 44 kaloriya;
  • 13 gramm uglevod;
  • 1 gramm oqsil;
  • 1 gramm yog‘;
  • 1 gramm to‘yingan yog‘;
  • 2,5 gramm kletchatka;
  • 6 gramm shakar;
  • 216 milligramm kaliy;
  • 15 milligramm magniy;
  • 11 milligramm C vitamin;
  • 0,178 milligramm B6 vitamini.

Qanday foydasi bor?

C, B6 vitamini, foliy kislotasi va kaliyga boy bo‘lgan piyozda, shuningdek, kletchatkaning ham koni. Asosiysi, tuz va ta’m kuchaytirgichlarsiz ham taomni mazali bo‘lishiga hissa qo‘shadi.

Yurakni himoya qiladi

Tabiiy birikmalar manbasi bo‘lgan piyoz yallig‘lanish jarayoni, qolaversa, qondagi xolesterin miqdorini ham kamaytiradi. Ayniqsa, qizil piyoz tarkibida mo‘l bo‘lgan polifenol kversetin qon bosimini pasayishiga yordam beradi.

Immun tizimini mustahkamlaydi

Piyozdagi fitokimyoviy modda, immunitetni mustahkamlab, virus va bakteriyalardan himoya qiluvchi oqsillarning ajralishini jadallashtiradi.

Saratonning kelib chiqish xavfini kamaytirishga yordam beradi

Piyoz tarkibidagi antioksidantlar nafaqat yallig‘lanishga qarshi, balki saratonning ayrim turlarini kelib chiqish xavfini kamaytirish xususiyatiga hamega. 2014-yilda chop etilgan tadqiqotda piyoz iste’mol qilish oshqozon va yo‘g‘on ichaklar saratonining xavfini kamaytirishi aytilgan.

Hazm jarayonini yaxshilaydi

Piyoz tarkibidagi kletchatkalar foydali ichak bakteriyalar – probiotiklarni o‘sishiga hissa qo‘shadi. 2018-yilda e’lon qilingan tadqiqotda, piyoz tarkibidagi kletchatkalar boshqa sabzavotdagilarga qaraganda ichak bakteriyalari balansini yaxshiroq qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlanadi.

От qwert.uz