Ko‘pincha kunning oxirida sochlarimiz kir bo‘lganini his qilamiz va nima sababdan bunday bo‘lganiga tushuna olmaymiz. Bunday vaziyatdan qanday qutulish mumkinligi haqida Biolage eksperti Karina Kotovama’lumot beradi.

Foto: Getty Images
Nima uchun yuvgandan keyingi kuniyoq sochlar kirlanadi?
Gap yog‘li teriga moyil bo‘lgan tekis ingichka sochlar haqida ketyapti. Bunday turdagi sochlarning tozaligini uzoq vaqt ushlab turish juda qiyin, chunki teri sekretsiyasi tabiiy ravishda ajralib chiqadi va soch uzunligi bo‘ylab juda tez tarqaladi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi. Bunday holda yog‘li bosh terisi yoki terining muvozanatini normallashtirish uchun maxsus mahsulotlarni tavsiya qilish mumkin. Agar soch yog‘li bo‘lmasa, lekin ayni paytda shunday muammo kuzatilsa, sochlarni yaxshilab yuving, chunki ba’zan sochlar ham yetarli darajada tozalanmaydi va kirni qolib ketishi mumkin. Bunday vaziyatda ikki marta shampunlash tavsiya qilinadi.

Foto: Getty Images
Noto‘g‘ri parvarish tufayli sochlar tezda ifloslanishi mumkinmi?
Ha, mumkin. Misol uchun, sochlar yaxshi darajada, lekin uni qayta tiklash kerak deb tegishlicha parvarish qilina boshlandi. Odatda tiklovchi shampunlar bosh terisini yumshoqlik bilan tozalaydi, lekin ba’zilar uchun bu yetarli emas. Agar bosh terisi yog‘li bo‘lishga moyil bo‘lsa, lekin soch uzunligi shikastlangan bo‘lsa, unda individual aralashmani tanlash lozim. Masalan, hajm beruvchi yoki namlantiruvchi shampun, oziqlanish va tiklanish uchun konditsioner kabi.
Soch niqoblari soch kirlanishiga sabab bo‘lishi mumkinmi?
Ba’zilar konditsioner va niqobni soch ildizlariga surtishadi, ammo ular bosh terisiga qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan (ular sochga surtiladi). Sochlaringizni avval shampun bilan yuving, so‘ng boshingizni pastga egib, suvni siqib oling va konditsioner yoki niqobni soch uzunligi bo‘ylab surting.

Foto: Getty Images
Sochlarni yuvishga vaqt bo‘lmasa, kir sochni qanday tartibga keltirish mumkin?
Bu borada eng yaxshi yechim — tezkor soch turmagi. Sochlarni tepadan qilib yig‘ing va undan bulochka yasang yoki uni o‘rib oling. Agar turmakning har bir bosqichida sochlarga lak sepsangiz, nafaqat tartibli ko‘rinishga, balki kun bo‘yi buzilmaydigan soch turmagiga ega bo‘lasiz.