San-Paulu federal universitetining olimlar jamoasi qanday intensiv jismoniy yuklamalar saraton xavfini kamaytirishga xizmat qilishini aniqladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Unsplash
Ta’kidlanishicha, ekspertlarning tahlili qariyb 1,3 million kishi ishtirokida 6—25 yil davomida olib borilgan 12 ta tadqiqotga asoslangan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
“Kuch va aerob mashqlar uyg‘unligi yaxshi natija berishi hamda saraton oqibatida yuzaga keladigan umumiy o‘lim xavfini 28 foizga qisqartirishi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Agar faqatgina asosiy e’tibor kuchga qaratilsa, onkologiya bilan kasallanish xavfi 14 foizga kamayadi.
Tibbiyot xodimlarining ogohlantirishicha, samaradorlik uchun haftasiga kamida ikki marotaba shug‘ullanish kerak.
Avvalroq olimlar qora sedana koronavirusga qarshi kurashda samarali ekanini aniqlagani, kartoshka gipertoniya xavfini kamaytirishi ma’lum bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.