Yulduzlar ham mashhurlikka erishishdan va shou-biznes olamiga kirib kelishdan avval oddiy insonlar kabi taniqli shaxslarni g‘oyibona yaxshi ko‘rgan. Ular hozirda yoshlikdagi muhabbatini oshkor qilishdan uyalmaydi.
Meril Strip

Foto: Grazia
Aktrisaning aytishicha, agar tanlash imkoniyati bo‘lsa, faqat Uill Ferrelga turmushga chiqqan bo‘lar edi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Shahzoda Garri

Foto: Grazia
Qirolichaning nabirasi yoshligida aktrisa Xelli Berriga oshiq bo‘lganini tan oldi. Qizig‘i shundaki, bu haqda yulduzning o‘zi bilib, uni Twitter orqali uchrashuvga taklif qilgan.
Riz Uizerspun

Foto: Grazia
MTV telekanaliga bergan intervyusida Riz Jonni Deppni har doim yaxshi ko‘rganini tan oldi.
Ariana Grand

Foto: Grazia
Uning sevimli aktyori har doim Jim Kerri bo‘lgan.
Selena Gomes

Foto: Grazia
Xonanda aktyor Billi Krudupni 2014-yilda birga ishlagunga qadar yaxshi ko‘rgan.
Britni Spirs

Foto: Grazia
Qo‘shiqchi uchun Bred Pitt uzoq vaqt birinchi muhabbat bo‘lgan.
Rayan Gosling

Foto: Grazia
Aktyor Britni Spirs bilan ko‘rsatuvida qanday rol o‘ynaganini esladi va unga oshiq bo‘lganini tan oldi.
Yeva Mendes

Foto: Grazia
Aktrisaning aytishicha, u ko‘p yillar davomida Liam Gallagerni yaxshi ko‘gan.
Merilin Menson

Foto: Grazia
Mashhur musiqachilaridan biri o‘smirligida Madonnaga oshiq bo‘lgan!
Eshton Kutcher

Foto: Grazia
Demi Murning sobiq eri jurnalistlarga aytganidek, maktab yillarida xonasida Jennifer Eniston tasvirlangan plakat bo‘lgan.