Supermodel Naomi Kempbell kamdan kam hollarda shaxsiy hayoti tafsilotlari bilan bo‘lishadi. Ma’lum bo‘lishicha, Naomi  yaqinda ona bo‘lgan, ammo hali ham qizining yuzini, hatto ismini ham oshkor qilmagan. .

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Harper’s Bazaar

Model The Cut nashriga bergan intervyusida o‘zining karyerasi, yaqinlari bilan bo‘lgan munosabatlari, shon-shuhrat yo‘lida boshidan kechirgan qiyinchiliklari va onalik haqida gapirib berdi:

Foto: Pinterest

“Men karyera uchun muhabbatimni qurbon qildim. Afsuski, meni tushunadigan umr yo‘ldoshini topmadim. Bilasizmi, men juda kuchliman, lekin ayni paytda o‘ta ta’sirchanman ham. Bilaman, bu kabi munosabatlarda murosa qilish kerak”, — deydi model. U, shuningdek, o‘zining oldingi qo‘rquvlarini yengishga muvaffaq bo‘lganini va kuchli bo‘lishga intilayotganini aytib o‘tgan.

Foto: Haper’s Bazaar

“Endi esa o‘zimga ko‘zgudan qarash qiyin emas. Yoshligimda har doim ham o‘zimni to‘g‘ri tutmaganman. Shuning uchun ham ko‘p narsani o‘rganishimga to‘g‘ri keldi”, — deydi yulduz. Shuningdek, u hozirda atrofida mehribon odamlar bilan qurshalganini, shu jumladan, onasi ham unga surrogat onadan tug‘ilgan qizini tarbiyalashda yordam berayotganini ma’lum qildi.

От qwert.uz