Yosh o‘tishi bilan metabolizm sekinlashadi, turmush tarzi ham avvalgidek faol bo‘lmaydi. 40 yoshdan keyin qomat bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun nimalarga amal qilish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Yetarlicha ovqatlaning

Ozish uchun kundalik ratsionni keskin qisqartirish kerakligi yanglish tushuncha. Avvaliga siz kutgan natija kuzatilishi va bu sizni xursand qilishi, ammo keyinchalik muammolar ko‘zga tashlanishi mumkin. Gap shundaki, organizm stresslarni xush ko‘rmaydi. To‘satdan ovqatlanish bilan bog‘liq yetishmovchilik kuzatilganda bor kuchi bilan yog‘ning yo‘qolishiga qarshilik qiladi. Shuni hisobga olgan holda ochlikni his qilmaslik uchun qancha kerak bo‘lsa, shuncha ovqatlaning.

Nonushta qilishni unutmang

Nonushta qilmaydigan ayollar tonggi tanovulni o‘tkazib yubormaydiganlarga nisbatan 4-5 marta ko‘proq semirishdan aziyat chekadi. Kunning birinchi qismida organizmga kirgan kaloriya deyarli butkul energiyaga aylanadi, qolaversa, yaxshilab qilingan nonushta uzoq vaqt to‘q yurishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, aynan nonushta faol turmush kechirish uchun zarur bo‘lgan energiya bilan ta’minlaydi, bu esa salomatlik va go‘zal qomat uchun muhim sanaladi.

Choy yoki qahva iching

Kun davomida uch finjon qahva yoki choy ichilsa, moddalar almashinuvi 5-8 foizga jadallashadi, natijada hech nima qilmay turib ham qo‘shimcha 98-174 kaloriya sarflash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, yangi damlangan choyning atigi bir piyolasi metabolizmni 12 foizga jadallashtiradi.

Ko‘p suyuqlik ichish

Kun davomida 6 stakan sovuq suv ichilsa, kun davomida 50 kaloriya sarflanadi, yil davomida esa 2,5 kiloga ozish mumkin bo‘ladi. Undan ham yaxshiroq natijaga erishishni istangiz, sovuq suv ichishni kanda qilmang. Tana haroratini me’yoriy darajaga keltirish uchun organizm qo‘shimcha energiya sarflaydi.

Oqsilga boy mahsulotlarni iste’mol qiling

Har bir taomning oqsilga boy bo‘lishi mushaklar uchun foydali bo‘ladi, ortiqcha kaloriyani sarflash jarayoni 35 foizga jadallashadi.

Ratsioningizdan D vitaminiga boy mahsulotlar o‘rin olsin

Yog‘li baliq, tuxum, sut va dengiz mahsulotlari, shuningdek, quyosh nurlari ushbu foydali vitaminning koni sanaladi. Metabolizmning qanchalik jadal ekani bevosita ushbu vitamin bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar ratsionda D vitaminiga boy mahsulotlar miqdori yetarli bo‘lmasa, moddalar almashinuvi sezilarli darajada kamayadi.

Sut ichishni kanda qilmaslik

Ayrim tadqiqotlarda aniqlanishicha, kalsiy tanqisligi moddalar almashinuvining jadalligiga salbiy ta’sir qiladi. Ratsionda sut mahsulotlaridagi yog‘larning yetishmasligi sabab 40 yoshdan keyin kalsiy tanqisligi ko‘p kuzatiladi. Shuning uchun har kuni tvorog, yogurt iste’mol qiling. Sut ichishni kanda qilmang — sut mahsulotlari organizmda kaloriyani energiyaga almashtirishga yordam beradi, shuningdek, boshqa mahsulotlar tarkibida organizmga kiradigan zararli yog‘lardan himoya qiladi.

От qwert.uz