«Xaloskorim…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)

XАLOSKORIM:

-«Termulaman samoga uzoq,
Samodagi bor narsa jumboq.
Shaxzodamsiz, jonim firoqda,
Xaloskorim, afsus — yiroqda!…».

QOʼLGА OLING:

-«Uylayapsiz ne xaqda xonim?»,
-«Аxir qanday sotaman molim?».

-«Siz toʼgʼrilang avval kuylakni,
Betartiblik ezar yurakni.

Qoʼlga oling oʼzingizni sal,
Qarang, xayot — naqadar goʼzal!…».

XOLVА DEGАN BILАN:

«Bazan eshitdirib, shunday deyishar:
-Yaxshi yashash barchamizga yarashar!.

Xolva degan bilan, ogʼiz chuchimas,
Yaxshi ishlash uchun — xali kech emas!…».

QАROVSIZ QOLMOQLIK:

-«Tilingni chiqarding, menga atayin,
Shoshmay tur, men sendan — kabob qilayin!».

-«Qarovsiz qolmoqlik, biz uchun daxshat,
Tashnaman, xoʼsh endi, suvdan — bir «oʼxshat»!.

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF