Ozmoqchi bo‘lganlarga tiyilish tavsiya qilinadigan 5 sabzavot

Vazn tashlash uchun qanday mahsulotlar ratsionda bo‘lmasligi yoki miqdorini qisqartirish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Freepik

Sabzi

Rangi va ta’mi o‘ziga xos bo‘lgani bilan, tarkibida saxaroza bisyor bo‘lgani uchun ushbu sabzavot me’yorida iste’mol qilinmasa, qomatga ta’sir qilmay qolmaydi. Shu sabab ham sabzini kun davomida bir yoki ikki donadan ko‘proq iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Bodring

Bodringning o‘zi odamni semirtirmaydi. Tarkibida suv serob ekani va organizmdagi namlik balansini saqlab, suvsizlanishning oldini olgani sabab ushbu mahsulot salomatlik uchun muhim sanaladi. Kletchatkaga boy ekani hisobiga tez hazm bo‘ladi va undan keyin odam darhol biror narsa yeyishni istaydi.

Lavlagi

Mazali va foydali ekaniga qaramay, lavlagi kraxmal, shakar va uglevodning koni hisoblanadi. Shu sabab ham ushbu mahsulotni iste’mol qilishda eng avval qandli diabetdan aziyat chekadigan kishilar me’yorni bilishi kerak. Gap shundaki, ushbu mahsulot qonda glyukozaning ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Ammo salomatligida hech qanday muammosi yo‘qlarga ham uni ortiqcha iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi. Tadqiqotlardan birida lavlagi vazn tashlash emas, balki ortishiga hissa qo‘shishi aniqlangan.

No‘xat

Ushbu mahsulotning ham kaloriyasi ko‘p. Kletchatkaga boy bo‘lgan no‘xatda, shuningdek, kraxmal va boshqa ozuqaviy moddalar mujassam bo‘ladi. Bu esa belda yog‘ to‘planishiga olib keladi. Shu sabab ham iste’mol borasida e’tiborli bo‘lish hamda tiyilish kerak.

Jo‘xori

Qondagi qand miqdori bilan bog‘liq muammo bo‘lsa yoki ozmoqchi bo‘lsangiz, jo‘xoridan butkul voz kechish tavsiya qilinadi. Gap shundaki, ushbu mahsulotda qondagi qand miqdori va organizmdagi insulinni oshiradigan shakar bisyor.