Nonushta dasturxonini mazali va to‘yimli yegulik bilan boyiting.
— Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”
Kerakli mahsulotlar:
- tvorog — 140 gr;
- un — 20 gr;
- tuxum (yarimta sarig‘i) — 1 dona;
- shakar upasi — 20 gr;
- smetana yoki murabbo;
- vanil shakari yoki vanil ekstrakti;
- limon po‘stlog‘i;
- sumax (mashhur sharq ziravorlari);
- tuz — 1 chimdim;
- sariyog‘;
- o‘simlik moyi.
Tayyorlanish jarayoni:
- Yumshoq, quruq bo‘lmagan 4-5 foizli yog‘li tvorogga un qo‘shing.
- Keyin shakar upasi, vanil ekstrakti, tuxum sarig‘ining yarmi va bir chimdim tuz qo‘shing. Massani yaxshilab aralashtiring.
- Stolga un seping va tvorogli aralashmani kolbasa shakliga keltiring. Uni uch bo‘lakka bo‘lib, har bir qismini unga botirib, kerakli shakl bering.
- Tovaga ozgina o‘simlik yog‘i quyib, bir bo‘lak sariyog‘ qo‘shing. Erigach tvorogli chizkeyklarni tovaga soling.
- Och jigarrangga kirgach, chizkeyklarni pergament solingan gaz patnisiga joylashtiring. 180 darajali haroratda 5 daqiqa pishiring.
- Tayyor chizkeyklarni smetana yoki murabbo bilan dasturxonga torting. Shuningdek, qirg‘ichdan chiqarilgan limon po‘sti va sumax bilan bezashingiz mumkin.
Yoqimli ishtaha!