Videoretsept: Nonushtaga tvorogli chizkeyk tayyorlaymiz

Nonushta dasturxonini  mazali va to‘yimli yegulik bilan boyiting.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

Kerakli mahsulotlar: 

  • tvorog — 140 gr;
  • un — 20 gr;
  • tuxum (yarimta sarig‘i) — 1 dona;
  • shakar upasi — 20 gr;
  • smetana yoki murabbo;
  • vanil shakari yoki vanil ekstrakti;
  • limon po‘stlog‘i;
  • sumax (mashhur sharq ziravorlari);
  • tuz — 1 chimdim;
  • sariyog‘;
  • o‘simlik moyi.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Yumshoq, quruq bo‘lmagan 4-5 foizli yog‘li tvorogga un qo‘shing.
  2. Keyin shakar upasi, vanil ekstrakti, tuxum sarig‘ining yarmi va bir chimdim tuz qo‘shing. Massani yaxshilab aralashtiring.
  3. Stolga un seping va tvorogli aralashmani kolbasa shakliga keltiring. Uni uch bo‘lakka bo‘lib, har bir qismini unga botirib, kerakli shakl bering.
  4. Tovaga ozgina o‘simlik yog‘i quyib, bir bo‘lak sariyog‘ qo‘shing. Erigach tvorogli chizkeyklarni tovaga soling.
  5. Och jigarrangga kirgach, chizkeyklarni pergament solingan gaz patnisiga joylashtiring. 180 darajali haroratda 5 daqiqa pishiring.
  6. Tayyor chizkeyklarni smetana yoki murabbo bilan dasturxonga torting. Shuningdek, qirg‘ichdan chiqarilgan limon po‘sti va sumax bilan bezashingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!