Ushbu retsept asosida tayyorlangan kotletlar mazali va yumshoq bo‘lib chiqadi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • baton non — 100 gr;
  • suv — 100 ml;
  • piyoz — 1 dona;
  • tovuqli qiyma — 650 gr;
  • sarimsoq piyoz — 1 dona;
  • smetana — 2 osh qoshiq;
  • sut — 250 gr;
  • tuz, murch;
  • ziravorlar;
  • ko‘katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Nonni 10 daqiqaga ivitib qo‘ying.
  • So‘ngra piyoz bilan qo‘shib go‘sht maydalagichdan chiqaring.
  • Qiyma, tuz va murch bilan aralashtiring.
  • Yarim soatga sovitkichga qo‘ying.
  • Sharcha holiga keltirilgan kotletlarni maxsus idishga terib chiqing.
  • Maydalangan sarimsoqni smetana, sut, ziravorlar bilan aralashtiring.
  • Sousni kotlet ustidan quying.
  • 160-180 daraja qizigan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz