Retsept minimal mahsulotlarni talab qiladi, ammo natijasi, albatta, sizga manzur bo‘ladi. Bunday go‘sht har qanday garnirni mukammal ravishda to‘ldiradi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq to‘shi — 2 ta;
  • tuxum — 2 ta;
  • non bo’laklari — 150 g;
  • o‘simlik moyi — 1 osh qoshiq;
  • tuz;
  • murch;
  • zanjabil.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesini uzunasiga bo‘ling. Sellofanga o‘rab, oshxona bolg‘asi yordamida urib, yumshating.
  2. Tuxumni tuz, murch va zanjabil bilan aralashtiring. Non bo‘laklarini alohida idishda maydalab oling.
  3. Har bir tovuq bo‘lagini avval tuxumli aralashmaga, so‘ngra non tolqoniga botirib oling.
  4. Bo‘laklarni yog‘langan patnisga joylashtiring. Taxminan, 15-20 daqiqa davomida 180 darajali pechda pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz