Ekspertlar mashinaning orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilarni eng kam himoya qiladigan avtomobillar nomini e’lon qildi, deb xabar beradi Motor.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Depositphotos

Mazkur ro‘yxatdan 2021-yilgi model qatoriga kiruvchi Genesis G80 biznes sedani ham o‘rin olgan bo‘lib, u ikkinchi qatordagi yo‘lovchilarining xavfsizligini ta’minlash borasida 100 balldan 24 ball qo‘lga kiritgan..     Yangi Volkswagen Taos esa 31 ball to‘play olgan, xolos. Bu kabi past baholar, shuningdek, Jeep Grand Cherokee L, Hyundai Santa Fe, Tucson va Kia Carnival’ga ham berilgan.

Nisbatan xavfsiz modellar ro‘yxatidan to‘liq o‘lchamli Toyota Sienna (69 ball), yangi avlod Nissan Rogue/X-Trail (66 ball) va Ford Bronco Sport (61 ball) o‘rin olgan. 2022-yilgi model qatoridagi avtomobillar orasida Nissan Pathfinder va Honda Civic (66 balldan), shuningdek, Mitsubishi Outlander krossoveri (52 ball) alohida ajratib ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning boshida Amerika yo‘l harakati xavfsizligi sug‘urta instituti (IIHS) krash-testlar natijasiga asoslangan xavfsiz avtomobillarning muqobil reytingini taqdim etgandi. O‘shanda 2021-yilning eng xavfsiz avtomobillar qatoridan 49 ta model o‘rin olgan, xususan, Audi A6, Cadillac XT6, Lexus NX, Volvo S60, Ford Explorer, Honda Accord, Kia K5, shuningdek, Nissan Maxima, Mazda CX-5 va Toyota Sienna.

От qwert.uz