Muvaffaqiyatsiz ijrolari uchun “Oltin malina” mukofotiga loyiq topilgan, shuningdek, eng yaxshi deb e’tirof etilgani uchun “Oskar”ni qo‘lga kiritgan mashhurlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Ben Afflek

Foto: Harper’s Bazaar

Afflek ikki karra “Oskar” mukofoti nomzodi sanaladi. Ulardan birida Ben eng yaxshi ssenariy muallifi sifatida keyingisida esa eng mashhur prodyuser deb e’tirof etilgan. Shuningdek, u uch karra “Oltin malina” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning aktyorlik mahorati tanqidchilar tomonidan qoniqarsiz deb baholangan.

Sandra Bullok

Foto: Harper’s Bazaar

“Stiv haqida hamma narsa” kartinasidagi roli uchun Sandra birvarakayiga ikki karra “Oltin malina”ga ega bo‘lgan. Mukofotni qabul qilib olish uchun sahnaga chiqqan aktrisa ishtirokchilarga o‘sha muvaffaqiyatsiz chiqqan filmning DVD diskini tarqatgan. Bir kundan keyin esa Bullok “Mehr hududi”dagi roli uchun eng yaxshi ayol ijrochi sifatida “Oskar”ga sazovor bo‘lgan. Shunday qilib, u ilk marta bir yilda ikkita mukofotga laureat bo‘lgan.

Bred Pitt

Foto: Harper’s Bazaar

“Vampir bilan intervyu” lentasi prokatda muvaffaqiyatli chiqqaniga qaramay, tanqidchilar Bred Pitt va Tom Kruzning aktyorlik duetiga yetarli baho bermagan. Shu sabab ham ularning har ikkisi ham 1995-yilda “Oltin malina”ga sazovor bo‘lgan. Ammo oradan 10 yil o‘tib, Pitt o‘zining eng yaxshiligini isbotlab, “12 yillik qul” filmi uchun prodyuser sifatida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan.

Leonardo Di Kaprio

Foto: Harper’s Bazaar

Leonardoning aktyorlik karyerasi mashaqqatlarga to‘la bo‘lgan. Ijodini boshlaganida “Oltin malina”ga loyiq deb topilgan aktyor “Oskar”ga ega bo‘lish uchun o‘nlab yillar kutishiga to‘g‘ri kelgan. Uzoq kutilgan mukofotni qo‘lga kiritishiga “Omon qolgan” filmidagi roli sababchi bo‘lgan.

Xolli Berri

Foto: Harper’s Bazaar

Xolli ham Sandra singari sahnaga chiqib “Oltin malina”ni qabul qilib olishdan cho‘chimagan. Shunga qaramay boshqa qo‘lida “Oskar”ni ushlab turgan.

Sofiya Koppola

Foto: Harper’s Bazaar

Sofiya bilan bo‘lgan hodisa yurakka quloq solish kerakligiga yana bir marta isbot bo‘la oladi. Yosh Koppola aktrisalik faoliyatini boshlashi bilanoq “Oltin malina”ga loyiq ko‘rilgan. Rejissor sifatida faoliyat boshlaganda esa “Oskar”ni qo‘lga kiritishning uddasidan chiqqan.

От qwert.uz