Filmlarning suratga olinishi hamisha maroqli bo‘lgan. Uning muvaffaqiyatli chiqishi esa nafaqat aktyor, balki butun jamoaning mehnatiga bog‘liq bo‘ladi. Omadli chiqqan kartina ortida turli voqealar, ba’zida esa fojialar ham bo‘lishi mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

“Ustasi faranglar” (2013)

Foto: People Talk

Suv to‘la kamerada suratga olinayotgan vaqt Ayla Fisherning halok bo‘lishiga sal qolgan. Aktrisaning qo‘lidagi kishan zanjiri chalkashib ketib, nimagadir ilinib qolgan. Oqibatda u 3 daqiqaga yaqin vaqtni suvda o‘tkazishga majbur bo‘lgan.

“Tulki ovchisi” (2014)

Foto: People Talk

Chenning Tatumning karyerasidagi eng qiyin roli u uchun omad keltirgan. Aktyor boshini ko‘zguga urgan sahnada jarohat orttirib olgan. Dubl shunchalik ta’sirli chiqqanki, uni filmga kiritmaslik mumkin emas edi.

“Ozod etilgan Jango” (2013)

Foto: People Talk

Ushbu filmdagi bosh suyagini ko‘rish mumkin bo‘lgan sahna Leonardo DiKaprioning barcha muxlislarini hayratda qoldirgan. Ammo undan o‘rin olgan ajoyib dubl Leoga qimmatga tushgan. “Esingizda bo‘lsa, ushbu sahnada Leo stolga qo‘lini zarb bilan urgan sahna bor, shunday dubllardan birida u yonida turgan bokalni sindirib yuborgan”, — degan film prodyuseri Steysi Sher. Uning qo‘shimcha qilishicha, shundan keyin qon sizib chiqqaniga qaramay, Leo obrazdan chiqmasdan monologini davom ettirgan. Keyin esa jarohatini tiktirishga to‘g‘ri kelgan.

“Uzuklar hukmdori. Ikki qal’a” (2002)

Foto: People Talk

Shlem tepiladigan sahnaning beshinchi dublida Viggo Mortensen oyog‘ining ikkita barmog‘ini sindirib olgan. Ammo aynan mazkur dubl eng yaxshi deb topilgan. Umuman olganda filmda nafaqat Mortensen, balki Orlando Blum ham jarohatlangan.

“Mulen Ruj” (2001)

Foto: People Talk

Go‘zallik qurbonlik talab qiladi. Aktrisalarning esa nafaqat go‘zallik, balki roli uchun ham qurbonlik qilishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Intervyularidan birida Nikol Kidman “Mulen Ruj”ning suratga olish jarayonida duch kelgan qiyinchiliklari, ikki marta qovurg‘asini sindirib olganini aytib bergan. Ma’lum bo‘lishicha, bunga aktyor Yuen Makgregor sababchi bo‘lgan. “Yuen meni tushirib yuborgan va men qovurg‘amni sindirib olganman. Endi bitishni boshlaganida korset kiysam, qovurg‘a barqarorlashadi va yaxshiroq bo‘ladi. deb o‘ylaganman. Aksincha bo‘lib chiqqan: korset yanada zo‘riqtirib yuborgan. Men tik turgancha uni ikkinchi marta ham sindirib oldimov deb o‘ylaganimni yaxshi eslayman”, — degan aktrisa.

“Gotik” (2003)

Foto: People Talk

Kichik Robert Dauni va Xelli Berri qahramonlarining o‘rtasidagi kurash vaqtida, aktyor kuchini to‘g‘ri sarflamagani hisobiga aktrisaning qo‘lini sindirib yuborgan. Berri o‘sha sahnani shunday eslaydi: “U meni qo‘limni qayirganidan keyin ikkimiz ham qarsillagan ovozni eshitdik”. Ushbu voqeadan keyin suratga olish ishlari aktrisani qo‘li bitguniga qadar — ikki oyga to‘xtatilgan.

“Quzg‘un” (1994)

Foto: People Talk

Ushbu filmning suratga olish maydonchasida sodir bo‘lgan hodisa nafaqat Gollivud, balki butun dunyoni hayratda qoldirgan. Kutilmagan tasodif dahshatli fojia bilan yakun topgan. Bryus Lining o‘g‘li “Quzg‘un” komiks-filmining so‘nggi sahnasini suratga olish jarayonida o‘ldirilgan. Ssenariyga ko‘ra, dushmanlardan biri uni otib tashlashi kerak bo‘lgan. Ammo o‘sha vaqtda pistoletdan bo‘sh o‘q bilan birga temir tiqin uchib chiqib, uning oshqozonini teshganini hech kim sezmay qolgan. 28 yoshli aktyor oradan 12 soat vaqt o‘tib juda ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan.

“Yetti” (1995)

Foto: People Talk

Kechki yomg‘irdagi quvish sahnasini suratga olish jarayonida Bred Pittning qo‘lidagi pay uzilgan. Jarohatning shunchalik jiddiyligidan ssenariyga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘lingan.

“Garri Potter va ajal tuhfasi: birinchi qism” (2010)

Foto: People Talk

Deniel Redkliffning dublyori Devid Xolms qahramonlarning uchish sahnasini suratga olish vaqtida devorga borib urilgan. Oqibatda yelkasi shikastlangan va tanasining yuqori qismi falaj bo‘lib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 22-oktabr kuni Amerikaning Nyu-Meksiko shahrida bo‘lib o‘tayotgan filmni suratga olish jarayonida fojia yuz berdi. Aktyor Alek Bolduin “Zang” (Rust) filmini suratga olish maydonchasida operator Galin Xatchins va rejissor Joel Sousga tasodifan o‘q uzdi. Hodisa oqibatida operator ayol vafot etgandi.

От qwert.uz