Sovuq havoda sochlar to‘g‘ri parvarish qilinmasa, ular yorqinligini yo‘qotadi, quruq hamda sinuvchanligi ortadi. Quyidagi maslahatlar kuz-qish faslida sochlarni sog‘lom saqlashga yordam beradi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Domashniy ochag”

Bosh kiyimi kiying

Sochni qor, shamol va yomg‘irdan saqlash lozim, chunki ular sochni yanada siyraklashtiradi. Soch turmagi bosh kiyimi ostida elektrlanmasligi uchun sochlarni fen bilan quritishdan oldin maxsus spreydan foydalanish mumkin.

Havo namlagichdan foydalaning

Sochlarga nafaqat sovuq ob-havo, balki issiqlik qurilmasi bilan jihozlangan kvartiralarning quruq havosi ham zararli. Havo namlagichi yordamida 40-50 foiz namlikni saqlab, sochlarni sog‘lom saqlash lozim.

Soch uchini kesib turing

Sochlarning gullashining oldini olish uchun har 4-8 haftada ularning uchini kesish kerak. Juda ko‘p kesish shart emas,  bor-yo‘g‘i 1-2 santimetrdan olib tashlash kifoya qiladi. Shunda soch turmagi yana yangi va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Suv haroratini pasaytiring

Ko‘chadan uyga qaytgandan keyin sochlarni yuvishda suvni sovuqroq qilish kerak. Sochni iliq yoki sovuqroq suv bilan yuvish tavsiya etiladi. Issiq dush ularni namligini quritadi, natijada soch tolasi yanada mo‘rtlashadi.

Fendan foydalanmang

Qishda sochlar ko‘proq qurishga moyil bo‘ladi. Fen tom ma’noda ulardagi namlikni kamaytirib, tabiiy porlashidan mahrum qiladi. Imkon bo‘lsa, sochlarni tabiiy ravishda quritish kerak.

Nam sochlar bilan ko‘chaga chiqmang

Nam sochlar va sovuq havo – mutlaqo yaxshi emas. Bunday vaqtda shamollab qolish hech gap emas, shuningdek, sochlarga ham zarar yetishi mumkin. To‘g‘ri, fen yordamida soch quritish juda foydali bo‘lmasa-da, ikki karra zarar ko‘rishdan ko‘ra yaxshiroq.

Yog‘lardan foydalaning

Sovuqda sochlar uchun kokos yoki argan kabi yog‘larga asoslangan kosmetikadan ko‘ra yaxshiroq himoya yo‘q. Sochni ortiqcha zo‘riqtirmasdan oziqlantirish uchun yengil tuzilishga ega mahsulotlarni qo‘llash mumkin.

G‘amxo‘rlikni oshiring

Sochni qishda parvarish qilishda asosiy e’tiborni namlantirishga qaratish kerak. Qolaversa, tegishli ta’sirga ega konditsionerdan foydalanish va haftada bir marta sochga niqob qilish tavsiya etiladi.

От qwert.uz