Kuz va qishda poyabzallarni quritishga yordam beradigan 6 usul

Yomg‘ir va qor yog‘ishi kuzatilgani sabab ham sovuq mavsumda nafaqat ustki kiyim, balki oyoq kiyimlarning ham ho‘l bo‘lishi ko‘plab kuzatiladi. Shu sabab ham har ehtimolga qarshi ish beradigan usullar haqida ma’lumotga ega bo‘lish muhimdir. Cosmopolitan nashri bu borada asqatadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qiladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Cosmopolitan

Poyabzal tozalashning 3 asosiy qoidasi

  • Poyabzal va etiklarni batareyaga qo‘yib quritish haqida unuting. Bu kiyimning rangi va o‘lchami o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin.
  • Quritishdan avval gubka bilan arting. Ammo zamsh matosini quruq gubka bilan artish kerakligini unutmang.
  • Quritishning to‘g‘ri usulni tanlab, parvarish qiladigan vosita uchun pul tejamang. Qanday usullar ish berishi haqida esa quyida ma’lumot berib o‘tamiz.

Issiq pol

Polda issiqlik keng taqsimlangani va issiqlik darajasi batareyadan pastroq ekani sabab, ushbu usul yaxshi samara beradi. Buning uchun artilgan poyabzalni issiq pol ustida qoldirish kifoya. Ish berishi uchun uyingizdagi pol issiq bo‘lishi kerak.

Fen yordamida

Ushbu usuldan foydalanishdan avval, poyabzalni bog‘ichlarini yeching va ichiga havo kirishini ta’minlang. Shundan keyin fen bilan quriting, ammo charmga zarar yetkazishi mumkinligi sabab harorat issiq bo‘lmasligiga e’tibor qarating.

Qizdirish mumkin bo‘lgan maxsus gilamcha

Rozetkaga ulanishi orqali qizdiriladigan gilamcha, issiq poldek samara berishi mumkin.

Qog‘oz yordamida quritish

Buklangan gazetani poyabzal ichiga tiqib, ortiqcha namlikdan qutilsa bo‘ladi. Ho‘l bo‘lsa, uni olib o‘rniga yangi qog‘oz solishingiz ham mumkin.

Guruch yoki silikagel

Guruch, tuz yoki ichimlik sodasi solingan paypoqni poyabzal ichiga qo‘yish ham yaxshi ish beradi. Agar mahsulotlardan foydalangingiz kelmasa, silikagelli sharchalardan foydalaning. Poyabzal qutisi yoki sumka ichidagi kichkina qog‘oz paket ichidagi kremniy dioksidli donachalar silikagel deb ataladi. Nam va ho‘l, ertalabgacha qurishi kerak bo‘lgan sumka va poyabzal ichiga gelli paket solib qo‘yish yaxshi samara beradi.

Poyabzalni quritadigan maxsus vositalardan foydalaning

Agar doimiy ravishda poyabzalingizni quritishga to‘g‘ri kelsa, maxsus vosita sotib olish haqida o‘ylab ko‘ring. Elektrli, keramik qoplamali yoki zamburug‘ga qarshi samara beradigan turli variantdagilarni xarid qilishingiz mumkin.