Iftorlik uchun tovuq go‘shti va ziravorlar bilan tayyorlanadigan xushta’m gulyash retsepti

Go‘shtga ajoyib ta’mni nafaqat ziravorlar, balki sarimsoq va limon ham beradi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tovuq filesi — 650-700 gramm;
  • zaytun yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • piyoz — 1 dona;
  •  suv — 500-600 ml;
  • tomat pastasi — 1 osh qoshiq;
  • limon — 1 dona;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tovuq filesi unchalik katta o‘lmagan shaklda to‘g‘raladi. Piyoz parrak shaklda to‘g‘ralib qovurib olinadi.
  2. Ustidan file solinib, qizarguncha pishiriladi. Vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi.
  3. Taomga paprika va tuz solinib, suv quyiladi. So‘ngra tomat pastasi qo‘shiladi.
  4. Qozon qopqog‘i yopiladi va 30-35 daqiqa davomida qaynatib olinadi.
  5. Limon po‘sti va sarimsoq maydalanadi. Barcha ziravorlar solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
  6. Tovuq yumshoq bo‘lib pishgach, limonli aralashma quyiladi va bir necha daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!