«Tepayki…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)
«TEPАYKI…»
«Koptokni shunchalik tepayki boplab,
Raqiblar yetolmay, yigʼlasin dodlab.
Raqibni chalgʼitib, boʼlsada qiyin,
Darvoza toʼridan joy olar keyin!».
«YO XАYOT, YO MАMOT…»
— «Yo xayot, yo mamot.. boshladik jangni!»,
— «Sen avval trosda, bogʼla orqangni!».
«OMАD»
«Toʼp borib xalqaga tushishi bilan,
Xayqiriq ovozi yangraydi baland!
Xalqaga tushmasa — kelmasdan omad,
Аtrofdan yogʼilar — afsus, nadomat!».
«TURMUSH YUKI»
«Ogʼir shtangani, koʼtarsa ayol shaxdam,
Kimdir koʼtarolmas, xatto turmush yukin xam!».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF