«DELTАPLАNDА…»
— «Ucha olasanmi delьtaplanda?»,
-«Faqat orzu qilish — imkoni menda!».
— «Demak qoʼrqasanmi?» — «Yoʼq, yuqoridan
Tushgim kelmay qolsa — qoʼrqaman shundan!».
«BU OLАM…»
— «Kanday goʼzal, bu olam — bir kara!
(Koʼzoynak boʼlmasa gar, oq-qora).
Shu sababdan, oʼxshamang Keshaga,
Ishonmang — siz rangli shishaga!».
«QАNDАY QАRАSHGА…»
— «Naxotki qush oyga — ip bilan bogʼliq?»,
— «Masalaga qanday — qarashga bogʼliq!».
«GOʼZАLLIGIM…»
— «Xa toʼtiqush, nechuk buncha xomushsan,
Sen xam axir, aslida goʼzal qushsan!».
— «Goʼzalligim toʼgʼri, patlarim sabab,
Lekin ayrim insonlarda yoʼq adab.
Kecha qarang, bir arzanda qiz poylab,
Patim yulib oldi, qoldim voy-voylab!».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF