«PISHIRIB QOʼYGАNMI…»
— «Pishirib qoʼyganmi, daraxtda senga?»,
— «Mevani pishirib qoʼyibdi menga!».
— «Tushib ketib, kor-xol boʼlmasin sodir?»,
— «Tepaga kim chiqsa, tushishga qodir!»
«SURАTKАSH BOʼLIB…»
— «Qiziq, oʼzing suratkash boʼlib,
Tushayapsan — suratga kulib?».
— «Shifokor xam axir goxida,
Davolanar — betob chogʼida!».
«MINNАTDORMАN…»
— «Tomogʼimga kirib qoldi nimadir!»,
— «Unda uni — mana bu qush oladir!».
— «Minnatdorman!» — «Keyin raxmat aytarsan,
Raxmatinga — biron nima qoʼsharsan!».
«QURBАQА-MАLIKА…».
— «Xoy qurbaqa, naxot malika boʼlsang?»,
— «Buni faqat bilasan — boʼsa olsang!».
— «Bunday xolat — ertakda boʼlar faqat!»,
— «Ertak baʼzan, boʼlib qolar — xaqiqat!».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF