«YETGАNINGDА YOSHIMGА…»
— «Аyiq polvon charchabsan, oʼxshab qolibsan kimga?»,
— «Xa keyinroq bilasan, yetganingda yoshimga!…».
«TАSHVISH KOʼPАYGАNDА…»
— «Uyga kirmayapsan, nima muammo?»,
— «Kirishga kiraman, sigʼmayman ammo».
— «Nega birdaniga — boʼldi bunaqa?»,
— «Tashvish koʼpayganda, boʼlar shunaqa!…».
«TOTIB KOʼRILАDI…»
— «Kitob oʼqiyapsiz, chamamda singil?»,
— «Yoʼq, koʼz yugurtirdim, shunchaki yengil».
— «Shunchaki yengil bu….?» — «Xullasi kalom,
Totib koʼriladi, axir xar taom!…».
«XOTIRАLАRIMNI TOPOLDIM…».
— «Nima qidiryapsiz, yoʼqotib kimni?»,
— «Qidiryapman bunda — bolaligimni».
— «Topa oldingizmi, oxir oqibat?»,
— «Xotiralarimni topoldim — faqat!…».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF
