«OʼRNING BORDIR…»
— «Qoʼy, tashlama — oʼzingni pastga,
Bu oʼxshaydi — goʼyoki qasdga!».
— «Nima qibdi, tashlasam axir,
Odam emasmanku, baribir?».
— «Boʼlmasangda sen garchi odam,
Oʼrning bordir — xayotda bu dam.
Kuching toʼplab, boʼl faol — bardam,
Xayot davom etmoqda mudom!…».
«SUN’IY GUL…»
— «Tabiatni birgalikda asraylik,
Yomon odatlarni — butkul tashlaylik!».
— «Odatlarni tashlashi kerak — xamma,
Qoʼlingizda sunʼiy gul — fonogramma!…».
«MENKU UYIMDАMАN…»
— «Qaerga xam borarding, xadsiz saxroda,
Ne boʼlar, adashib qolsang mabodo?».
— «Menku uyimdaman, aslin olganda,
Sen oʼzing xushyor boʼl, boʼlma sharmanda!»
«ISHONCHLI SIRDOSH…».
— «Qiz bola uchun doʼst, ishonchli sirdosh,
Hayot jabxasida — eng yaqin safdosh,
Baxtdan taxt yasovchi — meʼmor yagona,
Bu faqat bir inson — mushtipar ona!…».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF