«MUSIQА…»
— «Musiqa qalblarni — qachon zabt etar?»,
— «Sozingga qalb qoʼring — qoʼshilsa agar!…»
«XАTTO OʼZIMGА…»
— «Nima chizayapsiz, rassom qiz — qani?»,
— «Oʼzim xam bilmayman — neligin buni».
— «Iye, nega axir, bu maʼlum kimga?»,
— «Sirimni aytmasman, xatto oʼzimga!…».
«UCHMАSАNG…»
— «Nima qilasan axir — uchmasang qanot taqib?»,
— «Suv ichida qush kabi — suzaman qanot qoqib!…».
«KERАK YOʼLNI TАNLАSА…».
— «Yoʼl ikkiga ajralsa — nima qilsin yoʼlovchi?»,
— «Kerak yoʼlni tanlasa — oshigʼi boʼlar olchi!…».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF