«CHАLGʼITMАNG SIRА…»
— «Xarakat paytida — svetoforga,
Suyaning — u xizmat qilar bekorga.
Lekin uni ushlab, chalgʼitmang sira,
Qoʼying oʼz xoliga — siz undan koʼra!…».
«BODRINGLАRNI TUZLАYMАN…»
— «Katta yordamchi oʼzim,
Endi demanglar — «qoʼzim».
Imkoniyat izlayman,
Bodringlarni tuzlayman!…».
«KOPTOKNI OʼYNАYQOL…»
— «Men bilan oʼynashma, emasman ermak,
Koptokni oʼynayqol, u — ermak demak!…».
«SOGʼLIGING GʼАFLАTDА…».
— «Badan tarbiyani qilmasang kanda,
Sen sogʼlom yurasan — ana oʼshanda!
Аksini qilsangchi, yotib gʼaflatda,
Sogʼliging — gʼaflatda qolar albatta!…».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF