«NАXOT SEN, BАXTSIZSАN?…»
-“Naxot sen, baxtsizsan? Xoʼsh, kim aybdor?”,
-“Kifoya, koʼzguga qarasang bir bor!…».
«TАSHVISHLАR BISYOR…»
-“Shu jajji qalbda xam — tashvishlar bisyor,
Tashvishlar ichida — u boʼlur dastyor!”.
«SIR…»
-“Oyijon bir sirni aytaymi sizga,
Dadam gap otdilar — kecha bir qizga”.
-“Xoʼsh, dadang, aytgandir — «indamagin» deb?”,
-“Yoʼq, faqat aytdilar — «gullamagin» deb!…”.
«BEMORGА TUSHLIK…»
-«Bu «taom» — bemorga «tushlik» sanalgay,
Sogʼlikni yoʼqotsang — oʼrni bilingay.
Bundayin «tushlik»ni — koʼrmasang ravo,
Sogʼliqni oʼyla-yu, qil unga davo…!».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF