Foto   —   Unsplash

«KEYINGI CHOʼQQINI…»
-“Choʼqqi zabt etildi — harakat bois,
Keyingi choʼqqini — koʼzlamoq joiz!”.

Foto   —   Unsplash

«HАYOT TАSHVISHLАRI…»
-“Hayot tashvishlari — boshni ogʼritsa,
Bezovta boʼlamiz — qotadi ensa.
Аlbatta astoydil — noliymiz, ammo,
Tashvishsiz yashamoq — bu xam muammo!”.

Foto   —   Unsplash

«SEN HUKM CHIQАRMА…»
-“Sen kimni kutyapsan – balkim, qassobni,
Keldimi muddati — xisob kitobni?”.
–“Sen hukm chiqarma — rizqimiz bisyor,
Yaxshisi boʼla qol — oʼzingga hushyor!”.

Foto   —   Unsplash

«MEHR…»
-“Mehr koʼzda deysiz — bu emas nuqta,
Pingvin, tyulen mehri — faqat tumshuqda!”.

Аbdulla Pulatov

Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.

«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz