
«NIQOB…»
-«Etsa xaqiqatni — ochmoq fursati,
Unda ol niqobni — yuzing koʼrsatib.
Keyin payti kelib, mulzam boʼlgandan,
Аvval iqror boʼlmoq — afzal ming chandon!».

«GOʼZАLLIK…»
-«Baʼzida barchadan — boʼlay deb goʼzal,
Ommani qoʼrqitib — boʼlamiz oʼsal.
Hayotda, bu gapga — misollar qancha,
Qosh qoʼyib, koʼzini — chiqargan qancha?!».

«VАQT…»
-«Vaqtni ortga boʼlmas — sira qaytarib,
Buni anglab yetgach – qolibmiz qarib!».

«QАYGʼU VА SHODLIK…»
-«Qaygʼu xam, shodlik xam — kelsa bir boʼlib,
Ularni qarshi ol — sen faqat kulib.
Taqdirning sinovi — bularning bari,
Sabrli boʼlmoqlik — eltar baxt sari!».
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF