
1
Xurmatli ________________ !
Sizni kirib kelayotgan Oʼzbekiston Respublikasining «Mustaqillik» bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizga va oila aʼzolaringizga sixat-salomatlik, uzoq umr xamda baxt-saodat tilab qolamiz! Bayramingiz muborak boʼlsin!
2
Sizni Oʼzbekiston Respublikasi «Mustaqillik» bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etib, xonadoningizda salomatlik, tinchlik, xotirjamlik va mexr-oqibat barqaror boʼlishida tilakdoshmiz! Kelgusi ishlaringizda va xayotingizda xamisha sizga omad yor boʼlsin!
3
Oʼzbekiston Respublikasi «Mustaqillik» bayrami munosabati bilan Sizga koʼtarinki kayfiyat xamda mustaxkam salomatlik tilab qolamiz. Labingizdan tabassum arimasin, baxtli laxzalar sizni aslo tark etmasin! Mustaqillik bayrami qutlugʼ boʼlsin!
4
«Mustaqillik» bayrami munosabati bilan Sizni chin qalbimdan muborakbod etaman! Ushbu bayram Sizga koʼpdan — koʼp quvonchli laxzalarni va va baxtli onlarni xadya etsin. Barcha ezgu orzu-istaklaringiz ruyobga chiqsin! Koʼtarinki kayfiyat sizga hamroh boʼlsin!
5
«Mustaqillik» bayrami bilan qutlab, Sizga va oila aʼzolaringizga mustaxkam sogʼlik, baxt-saodat xamisha hamroh boʼlib qolishida xamda ulkan zafarlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Kundalik hayotingiz mazmunli va qiziqarli boʼlishini, baxtli laxzalarda xamisha oilangiz bilan hamnafas boʼlishingizni, bitmas-tuganmas baxt-saodat, sixat-salomatlik va qut-baraka Sizga hamisha yoʼldosh boʼlishini astoydil tilab qolamiz!
6
Yurtimizga kirib kelayotgan «Mustaqillik» bayrami munosabati bilan Sizga kelgusi ishlaringizda xamisha omad kulib boqishiga tilakdoshmiz! Sizga xar doim xam yaqin insonlaringizning mexr-oqibatlaridan musharraf boʼlish baxti nasib etsin. Oilangizda xar doim tinchlik-xotirjamlik, oʼzaro mexr-oqibat tuygʼulari xukmron boʼlsin!
7
«Mustaqillik» bayrami sizga va siz qatori oila aʼzolaringizga quyosh xaroratini, kelajakga boʼlgan umid-ishonch xislarini, ulkan xursandchiliklarni va ijobiy oʼzgarishlarni olib kelsin! Chin koʼnglimizdan kelgusi xayotingizda tinchlik, osudalik, qut-baraka, toʼkin-sochinlik xamisha yoʼldoshingizga aylanishini tilab qolamiz!
8
Chin qalbimizdan «Mustaqillik» bayrami munosabati bilan sizni muborakbod etamiz! Xonadoningizdan cheksiz quvonch, dasturxoningizdan toʼkin-sochinlik , quvonchli kunlaringizda xonadoningizdan mexmonlar arimasin. Omad, muvaffaqqiyat va toʼkin-sochinlik xayotingizda chin maʼnoda yoʼldosh boʼlishini tilab qolamiz!
9
Ushbu «Mustaqillik» bayrami munosabati bilan Sizga chin qalbimizdan oilaviy baxt, tinch-totuvlik va farovon xayot nasib etishini xamda quvonch, baxt-saodat xonadoningizning abadiy mexmoniga aylanishini tilab qolamiz! «Mustaqillik» bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!
10
Xurmatli qadrdon doʼstlarim! Sizlarni «Mustaqillik» bayrami munosabati bilan chin yuragimdan muborakbod etaman. Sizlarga ushbu bayram sharafi bilan yangidan-yangi muvaffaqqiyatlar, ijobiy oʼzgarishlar va omad yor boʼlishini astoydil tilab qolaman. Bundan tashqari, barcha kelgusi ishlaringizda xar qanday toʼsiqlarni mardonavor yengib oʼtib, ezgu maqsadlar sari dadil odimlab borishingizni va omad kaliti xamisha choʼntagingizni tark etmasligini astoydil xoxlab qolaman! Xamisha sogʼ-salomat boʼling, labingizdan kulgu arimasin!
11
«Mustaqillik» bayrami bilan barchangizni chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarning xayotingizda xam ushbu bayram ramziga aylangan ijobiy yangilanish xolatlari sodir boʼlishida tilakdoshman! Xonadoningizga bitmas-tuganmas baxt-saodat va quvonch tashrif buyursin. Dasturxoningizda doimo toʼkin-sochinlik xukmron boʼlsin! Omad qushi sizga va yaqinlaringizga xamrox boʼlib qolsin!
12
Qadrli doʼstlar! Sizlarni «Mustaqillik» bayrami munosabati bilan chin koʼnglimdan tabriklab, oilangizda xar doim fayzu-baraka, salomatlik, tinchlik va xotirjamlik xukmron boʼlishida tilakdoshman! Chexrangizni quvonch va tabassum tark etmasin!
13
Xurmatli ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, !
Sizni va oila aʼzolaringizni «Mustaqillik» bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Xonadoningizni doimo toʼkin-sochinlik, salomatlik, baxtu-saodat tark etmasligiga tilakdoshmiz! Bayramingiz muborak boʼlsin!
14
Xurmatli ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, !
Sizni barcha xamkasblarimiz nomidan «Mustaqillik» bayrami munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklab, Sizga va oila aʼzolaringizga sixat-salomatlik, oilaviy baxt, toʼkin — sochinlik, farovon va mustaxkam turmush saodatini tilab qolamiz! Qalbingizda quvonch, labingizda kulgu xukmron boʼlsin!
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF