1
Sizni “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan chin yurakdan tabriklab, barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz.Xonadoningizda salomatlik, tinchlik, xotirjamlik va mexr-oqibat barqaror boʼlishiga tilakdoshmiz! Kelgusi ishlaringizda va xayotingizda xamisha sizga omad qushi yor boʼlsin!

 2
 Xurmatli ____________________________ !
Sizni kirib kelayotgan “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etib, Ustoz degan sharafli nom egasi sifatida bundan buyon xam barcha shogirdlarga oʼrnak boʼlishingizda tilakdoshmiz. Sizga xamda oila aʼzolaringizga sixat-salomatlik, uzoq umr xamda baxt-saodat tilab qolamiz! Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!

3
“1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan, taʼlim-tarbiya borasidagi oliyjanob mexnatingiz xaqi-hurmati — Sizga mustaxkam sogʼlik va koʼtarinki kayfiyat yoʼldosh boʼlishini, Labingizdan kulgu arimasligini, baxtli onlar xonadoningizni aslo tark etmasligini tilab qolamiz! Bayramingiz muborak boʼlsin!

4
“1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan — oʼquvchilarini oʼz farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun koʼz nuri, qalb qoʼri, butun borligʼini baxsh etadigan Sizday Ustozimiz borligidan faxrlanib, Sizni kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Ushbu bayram Sizga koʼpdan — koʼp quvonchli va baxtli laxzalarni xadya etsin. Barcha ezgu orzu-istaklaringiz ruyobga chiqsin! Аʼlo kayfiyat Sizga bir umr yoʼldosh boʼlsin!

5
“1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Sizday fidoyi kasb egalarini qizgʼin qutlab, Sizga va Siz qatori oila aʼzolaringizga mustaxkam sogʼlik, baxt-saodat xamisha hamroh boʼlib qolishida xamda ulkan zafarlarga erishishingizda tilakdoshmiz. Kundalik hayotingiz mazmunli va qiziqarli boʼlishini, baxtli laxzalarda xamisha oilangiz bilan hamnafas boʼlishingizni, bitmas-tuganmas baxt-saodat, sixat-salomatlik va qut-baraka Sizga hamisha yoʼldosh boʼlishini astoydil tilab qolamiz!

6
Yurtimizga kirib kelayotgan “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan, avvalo Ustoz sifatida ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasining rivojiga qoʼshgan xissangizni inobatga olib, Sizga kelgusi ishlaringizda xamisha omad kulib boqishiga tilakdoshmiz! Sizga xar doim xam yaqin insonlaringizning mexr-oqibatlaridan musharraf boʼlish baxti nasib etsin. Oilangizda xar doim tinchlik-xotirjamlik, oʼzaro mexr-oqibat tuygʼulari barqaror boʼlsin!

7
Siz Аziz Ustozlarning bergan bilim va tajribangiz, isteʼdod va mahoratingizga taxsinlar aytgan holda, “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami sizga va siz qatori oila aʼzolaringizga quyosh xaroratini, kelajakga boʼlgan umid-ishonch xislarini, ulkan xursandchiliklarni va ijobiy oʼzgarishlarni olib kelishida tilakdoshmiz!. Chin koʼnglimizdan kelgusi xayotingizda tinchlik, osudalik, qut-baraka, toʼkin-sochinlik xamisha yoʼldoshingizga aylanishini tilab qolamiz!

8
“1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Sizni qizgʼin muborakbod etib, bizga Ustoz sifatida uzoq yillar faoliyat koʼrsatib, bugungi kunda biz kabi shogirdlariga oʼz maslahatlarini ayamay, qalbimizdan munosib oʼrin egallagan Sizday Ustozimiz borligidan faxrlanib, oilangizdan cheksiz quvonch, dasturxoningizdan toʼkin-sochinlik , quvonchli kunlaringizda xonadoningizdan mexmonlar arimasligini, Omad xamda muvaffaqqiyat hayotingizda chin maʼnoda yoʼldosh boʼlishini astoydil tilab qolamiz!

9
Muhtaram oʼqituvchi-murabbiylar, aziz ustozlar! Ushbu “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Sizga chin qalbimizdan oilaviy baxt, tinch-totuvlik va farovon xayot nasib etishini xamda quvonch, baxt-saodat xonadoningizning abadiy mexmoniga aylanishini tilab qolamiz! Kasb bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!

10
Xurmatli qadrdon Ustozlar! Sizlarni “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni”bayrami munosabati bilan chin yuragimdan muborakbod etib, xonadoningizga fayzu-baraka, barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilaymiz. Sizlarga ushbu bayram sharafi bilan yangidan-yangi muvaffaqqiyatlar, ijobiy oʼzgarishlar va omad yor boʼlishini astoydil tilab qolamiz. Bundan tashqari, barcha kelgusi ishlaringizda xar qanday toʼsiqlarni mardonavor yengib oʼtib, ezgu maqsadlar sari dadil odimlab borishingizni va omad kaliti xamisha choʼntagingizni tark etmasligini astoydil xoxlab qolamiz! Xamisha sogʼ-salomat boʼling, labingizdan kulgu arimasin!

11
“1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan, hayotimiz charogʼbonlari xisoblanmish Siz barcha Ustozlarni chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Xonadoningizga bitmas-tuganmas baxt-saodat va quvonch tashrif buyursin. Dasturxoningizda doimo toʼkin-sochinlik xukmron boʼlsin! Omad qushi sizga va yaqinlaringizga hamroh boʼlib qolsin!

12
Qadrli Ustozlar! Oʼzini oldingizda umrbod qarzdor deb his etadigan barcha shogirdlaringiz nomidan Sizlarni “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan chin koʼnglimizdan samimiy tarzda tabriklab, oilangizda xar doim fayzu-baraka, salomatlik, tinchlik va xotirjamlik xukmron boʼlishida tilakdoshmiz! Chexrangizni quvonch va tabassum tark etmasin! Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!

13
Xurmatli ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, !
Sizning yosh avlodga bilim berishdek murakkab, ammo sharafli mehnatingizni munosib qadrlab, Sizni va oila aʼzolaringizni “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Xonadoningizni doimo toʼkin-sochinlik, salomatlik, baxtu-saodat tark etmasligiga tilakdoshmiz! Bayramingiz muborak boʼlsin, Аziz Ustoz!

14
Xurmatli ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, !
Sizni barcha xamkasblarimiz nomidan “1 oktyabrь – Oʼqituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklab, yosh avlodga zamonaviy ilm-fan va kasb-hunar asoslarini oʼrgatish, yuksak insoniy tuygʼu va fazilatlarni singdirish, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasida bor kuch-gʼayratingiz, bilim va mahoratingizni bundan buyon ham ayamasdan astoydil xizmat qilishingizga ishonch bildirgan xolda, Sizga va oila aʼzolaringizga sixat-salomatlik, oilaviy baxt, toʼkin — sochinlik, farovon va mustaxkam turmush saodatini tilab qolamiz! Qalbingizda quvonch, labingizda kulgu hamisha hamroh boʼlsin!

Аbdulla Pulatov

Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.

«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz