Foto   —   Unsplash

«RАQS TUSHАRDI…»
Zulmatda u tanho  —  raqs tushardi,
Biz dedik: «Аjabo, ne ekan dardi?».
Lekin tez xulosa — qilmaslik joiz,
…U tunni sezmaskan — koʼzlari ojiz.
Olamni koʼrarkan — faqat qalbida,
…Koʼzlari ojiz, bu — bizmiz aslida!».

Foto   —   Unsplash

«CHАQMOQDАY…»
-«Chaqmoqday chaqnadi va soʼndi birdan,
Chunki joy olmagan — muxlis qalbidan!».

Foto   —   Unsplash

«DАRАXT MISOLI…»
-«Dono hikmatlarni — tutsangiz yodda,
Mustahkam  ildizli — boʼlib hayotda,
Yashaysiz shu ulkan — daraxt misoli,
…Shu ulkan daraxtlar — kurash timsoli!».

Foto   —   Unsplash

«ILOJSIZ QOLMАSLIK UCHUN…»
-«Ilojsiz qolmaslik uchun — sen dastlab,
Iloj top, avvalroq — qaddingni rostlab!».

Аbdulla Pulatov

Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.

«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz