
«YAQINLАRNI UNUTDING…»
-«Mayli, jonzotlarga — ulashding mehr,
…Nega yaqinlarni — unutding axir!».

«UZOQ OʼYLАMOQ…»
-«Koʼp uzoq oʼylamoq — foydasi ozdir,
…Uzoqni koʼzlamoq — naqadar sozdir!».

«ROʼZGʼORNING TАSHVISHI…»
-«Roʼzgʼorning tashvishi — u bilan birga,
Qoʼli boʼsh kelsa xam — oʼtkazing toʼrga!».

«ULGʼАYSАNG SHUNDА…»
-«Kim boʼlasan, ayt-chi — «ulgʼaysang» shunda?,
-“Ulgʼayishim demak — shubhali unda!».
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF