1
“Bayramingiz qutlab – yoʼllayin tabrik,
Yoʼllaringiz uzra – u boʼlsin koʼprik.
Bugun bayramingiz – atrof boshqacha,
Bayram davom etgay – tundan-tonggacha!”.

2
“Vatan himoyasi – Sizga burch erur,
Ruxi ajdodlarning – kuch-quvvat berur.
Bugun bayramingiz – qutlaymiz dildan,
Tabrik soʼzlarimiz – bu chin koʼngildan!”.

3
El-yurt tinchligida – hissangiz bordir,
Vatan, xalq ardogʼi – Sizga shiordir.
Bugun davramizning – toʼri Sizniki,
Mezbonlik navbati – endi bizniki!”.

4
-“Vatan sarhadlarin – qilib himoya,
Bergan qasamyodga – qilib rioya,
Аskar degan nomni – oqlab Siz yukin,
El-yurt tinchligi xam — Sizlarda bu kun!
…Bayram tabriklari – Sizga armugʼon,
Ezgu niyatlarni – yoʼllaymiz bu on!”.

5
-“Ulugʼ va xayrli ishlar koʼp, biroq
Ulugʼi Vatanni – himoya qilmoq.
Vatan himoyasi – muqaddas gʼoyat,
Mardlar shijoati – tilda rivoyat,
Sizday mardlar uchun – olqishlar boʼlsin,
Bugun bayram, dillar – quvonchga toʼlsin.
Jasur oʼgʼlonlarni – qutlamoq kerak,
Аziz Vatandoshlar – bayram muborak!”.

6
-“Shon-sharaf ayyomi – bugungi bayram,
Naqadar rang-barang – yurtimiz biram.
Gʼanimdan qoʼriqlab – asraysiz bizni,
Quyosh xam charaqlab – qutlaydi Sizni!”.

7
Bayram baxonasi – yozib dasturxon,
Toʼkib borimizni – qilaylik mehmon.
Naql: Toʼydirmasang – askaring oʼzing,
Oʼzga askar yegach – shuvutdir yuzing.
Kimki arimyasin, boqmasa — shunda,
Oʼzga arimiyani – boqadi unda!”.

8
-“Yurtim osmoni xam – musaffo qarang,
Bayram sabablimi – atrof rang-barang.
Bunday musaffolik – kimning xizmati,
Mardlik bilan demak – uning qimmati.
Jasur oʼgʼlonlarning – ayyomi bu kun,
Bizlar xizmatdamiz – bugun tunu-kun!”.

9
-“Samodan tayyora – uchib oʼtganda,
“Qanoting pastlab oʼt” – derdik oʼshanda.
Hozir xam tayyora – oʼtdi osmondan,
Biz sogʼinch xatlarin – joʼnatdik undan.
Tabriklar yoʼlladik – xarbiylar uchun,
Tayyora, bir endi – koʼrsatsin kuchin!”.

10
-“Bayram qutlugʼ boʼlsin – tabriklar Sizga,
Mardlik koʼrsatishda – oʼrnaksiz bizga.
Vatan sarhadlarin – yovdan qoʼriqlab,
Xarbiy xizmatdasiz — burchingiz oqlab.
Аyyom bugun Sizga – muborak boʼlsin,
Qalblar ushbu kunda – quvonchga toʼlsin!”.

Аbdulla Pulatov

Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.

«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz