
1
Xurmatli ____________________________ !
Ushbu qutlugʼ ayyomda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Oʼz hayotini Vatan himoyasidek ulugʼ va xayrli ishga bagʼishlagan Sizday jasur va mard harbiyni sharaflab, yurtimiz xavfsizligi va tinchligi yoʼlidagi ishlaringizda omad hamisha yoʼldoshingiz boʼlishida tilakdosh boʼlib qolamiz!
Bayramingiz muborak boʼlsin!
2
Sizni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan chin yurakdan qutlaymiz! Oʼz oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilishdek er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasini munosib tarzda muvaffaqqiyat bilan ado etishingizda tilakdoshmiz! Xonadoningizda salomatlik, tinchlik, xotirjamlik va mexr-oqibat barqaror boʼlsin! Kelgusi ishlaringizda va xayotingizda xamisha sizga omad yor boʼlsin! Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!
3
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Sizga koʼtarinki kayfiyat xamda mustaxkam salomatlik tilab qolamiz. Vatanimiz va xalqimizni himoya qilishdek gʼoyat masʼuliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan Sizday mard va jasur, el-yurtga sadoqatli farzand bilan haqli ravishda faxrlanishimizni bildirgan holda, Labingizdan tabassum arimasligini va baxtli laxzalar sizni aslo tark etmasligini tilab qolamiz! Bayram muborak boʼlsin!
4
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Sizni chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizning mardona xizmatlaringiz tufayli osmonimiz musaffo, bolalarimiz, moʼʼtabar onalarimiz, keksalarimiz xotirjam yashayotganliklariga, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti farovon boʼlyapganligiga tahsinlar aytib, ushbu bayram Sizga koʼpdan — koʼp quvonchli laxzalarni va va baxtli onlarni xadya etishini astoydil tilab qolamiz! Koʼtarinki kayfiyat sizga hamisha hamroh boʼlsin! Bayram muborak!
5
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan qutlab, Vatan himoyasidek sharafli burchni munosib ado etayotganligingiz bilan faxrlanishimizni bildirib, Sizga va oila aʼzolaringizga mustaxkam sogʼlik, baxt-saodat xamisha hamroh boʼlib qolishida xamda ulkan zafarlarga erishishingizda tilakdosh boʼlib qolamiz!
Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!
6
Yurtimizga kirib kelayotgan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirishga qoʼshayotgan hissangizdan faxrlanishimizni bildirib, Sizga kelgusi ishlaringizda ulkan muvaffaqqiyatlarga erishishingizda tilakdosh boʼlib qolamiz! Oilangizda xar doim tinchlik-xotirjamlik, oʼzaro mexr-oqibat tuygʼulari barqaror boʼlsin!Bayram muborak!
7
Shonu-sharaf ayyomi boʼlib hisoblanmish — 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami Sizga va Siz qatori oila aʼzolaringizga sihat-salomatlikni, oilaviy baxtni, quyosh xaroratini, kelajakga boʼlgan umid-ishonch xislarini, ulkan xursandchiliklarni va ijobiy oʼzgarishlarni olib kelsin! Sizga el-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi doimo yor boʼlsin! Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!
8
Sizni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz! Sizni bundan buyon xam Vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar soxibi boʼlib qolishingizga ishonch bildirgan xolda, xonadoningizdan cheksiz quvonch, dasturxoningizdan toʼkin-sochinlik arimasligini xamda omad, muvaffaqqiyat, farovonlik hayotingizda chin maʼnoda yoʼldosh boʼlishini tilab qolamiz! Bayram muborak!
9
Ushbu 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan el-yurtimizning tinch va osoyishta hayotiga qoʼshayotgan munosib hissangizga tahsinlar aytib, Sizga chin qalbimizdan oilaviy baxt, tinch-totuvlik va farovon xayot nasib etishini xamda quvonch, baxt-saodat xonadoningizning abadiy mexmoniga aylanishini tilab qolamiz! Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!
10
Xurmatli qadrdon doʼstlarim! Sizlarni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan chin yuragimizdan muborakbod etamiz. Yurtimizning tinchligini taʼminlayotgan Sizday baxodir va dovyurak oʼgʼlonlarimiz borligidan xaqli ravishda faxrlangan xolda, Sizlarga ushbu bayram sharafi bilan yangidan-yangi muvaffaqqiyatlar, kundalik hayotingizda ijobiy oʼzgarishlar va omad xamda vatanparvarlik va sadoqat ruhi hamisha yor boʼlishini astoydil tilab qolamiz. Bundan tashqari, barcha kelgusi ishlaringizda xar qanday toʼsiqlarni mardonavor yengib oʼtib, ezgu maqsadlar sari dadil odimlab borishingizni va omad kaliti xamisha choʼntagingizni tark etmasligini astoydil xoxlab qolamiz! Xamisha sogʼ-salomat boʼling, labingizdan kulgu arimasin! Bayram muborak boʼlsin!
11
Yurt tinchligi, osmonimiz musaffoligi, davlatimiz chegaralarining daxlsizligini taʼminlovchi qudratli kuch hisoblanmish Sizday jasur Vatan himoyachilarini 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Sizlarning xayotingizda xam ushbu bayram ramziga aylangan ijobiy yangilanish xolatlari sodir boʼlishida tilakdoshmiz! Xonadoningizga bitmas-tuganmas baxt-saodat va quvonch tashrif buyursin. Dasturxoningizda doimo toʼkin-sochinlik xukmron boʼlsin! Omad qushi sizga va yaqinlaringizga hamroh boʼlib qolsin! Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!
12
Ulugʼ allomalar, jahoniy olimu fuzalolar, Аmir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk sarkardalar ruhi qoʼnim topgan ushbu muqaddas zamin osoyishtaligini taʼminlayotgan Sizday mard va dovyurak Vatan himoyachilarini 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan chin koʼnglimizdan tabriklab, oilangizda xar doim fayzu-baraka, salomatlik, tinchlik va xotirjamlik hukmron boʼlishida tilakdosh boʼlib qolamiz! Chexrangizni quvonch va tabassum aslo tark etmasin! Bayram muborak!
13
Xurmatli ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, !
Sizni va oila aʼzolaringizni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etib, Vatanimiz Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirishdagi hissangizga tahsinlar aytamiz! Xonadoningizni doimo toʼkin-sochinlik, sihat-salomatlik, baxtu-saodat tark etmasligiga tilakdoshmiz! Bayramingiz muborak boʼlsin!
14
Xurmatli ,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, !
Halqimizning tinch mehnatini, osoyishta hayotini, yurtimizning musaffo osmonini koʼz qorachigʼidek asrab-avaylashga munosib hissa qoʼshayotganligizga tahsinlar aytib, Sizni barcha xamkasblarimiz nomidan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan chin qalbimizdan tabriklab, Sizga va oila aʼzolaringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, toʼkin — sochinlik, farovon va mustahkam turmush saodatini tilab qolamiz! Qalbingizda quvonch, labingizda kulgu hukmron boʼlsin! Bayramingiz qutlugʼ boʼlsin!
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF