
«OʼZ VАQTIDА АYTILGАN SOʼZ…»
-«Vaqtida aytilgan — «Yoʼq» degan soʼzing,
Turli balolardan — asraydi oʼzing!».

«KETSА KERАKSIZ SHOX…»
-«Bevaqt kesdilarmi — shoxingni daraxt?»,
-«Ketsa keraksiz shox, baʼzan — shu xam baxt!».

«OSILSАNG BАLАND DOR DURUST…»
-«Bu azim togʼlarga — qoʼling yetmasmi?»,
-«Osilsang, baland dor — durust emasmi?».

«YOLGʼIZLIK MEVАSI…»
Yolgʼiz bir daraxtdan — keldi shunday sas:
-«Yolgʼizlik mevasin — qilmang hech havas!».
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF