“Xolodes” foydali bo‘lishiga qaramay, parhez taom hisoblanmaydi. Uni odatda bayramona dasturxonning shohona taomi sifatida iste’mol qilish mumkin. Yangi yil bayramida bekajonlar uchun “xolodes”ning noodatiy retseptlari qo‘l kelishi shubhasiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Pinterest

Mol go‘shti, xantal va xren qo‘shib tayyorlanadigan “xolodes” retsepti

Foto: Pinterest

Kerakli mahsulotlar:

  • mol go‘shti — 100 gramm;
  • mol oyog‘i — 170 gramm;
  • mol tuyog‘i — 190 gramm;
  • piyoz — 20 gramm;
  • sabzi — 15 gramm;
  • suv — 600 ml;
  • sarimsoq — 2 gramm;
  • jelatin — 6 gramm;
  • lavr yaprog‘i, murch, tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Barcha go‘sht mahsulotlari, sabzi, lavr yaprog‘i 10 soat davomida qaynatib olinadi.
  2. Jelatin bulyonda eriguncha qaynatiladi.
  3. Suyaklar go‘shtdan ajratib olinadi, tuz, sarimsoq qo‘shiladi va “xolodes” uchun mo‘ljallangan idishlarga solinadi.
  4. 10 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  5. So‘ng xren va xantal bilan birgalikda dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

Sarimsoq va ko‘katli “xolodes” retsepti

Foto: “Hi-chef.ru”

Kerakli mahsulotlar:

  • mol oyog‘i — 2 dona;
  • tovuq filesi — 500 gramm;
  • suv — 2 litr;
  • piyoz — 1 dona;
  • sabzi — 1 dona;
  • lavr yaprog‘i — dona;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Mol oyoqlari qaynatishga qo‘yiladi, ko‘pigi olingach, 6 soat davomida past olovda qaynatiladi.
  2. Uch soat qaynatilgach tovuq filesi qo‘shiladi.
  3. Qaynash muddati tugashiga bir soat qolgach tozalangan piyoz, sabzi tuz va ziravorlar solinadi.
  4. Bulyon tayyor bo‘lgach go‘sht suyaklardan ajratiladi va maydalangan sarimsoq qo‘shiladi.
  5. Barchasi aralashtirilib, “xolodes” qolipiga quyiladi.
  6. Ta’bga ko‘ra, qaynatilgan tuxum va ko‘kat qo‘shish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz