Ko‘plab uy bekalarining oshxonasida bor bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlanadigan salat ishtahani ochadi. Uni tushlikda taom bilan iste’mol qilishingiz mumkin. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar: 

  • kartoshka — 3-4 dona
  • tuxum — 3-4 dona
  • qaynatilgan kolbasa yoki go‘sht  — 300–350 g
  • mayonez — ta’bga ko‘ra
  • ko‘katlar — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Kartoshkani 20-25 daqiqa, tuxumni esa 10 daqiqa davomida qaynatib oling. Mahsulotlarni salqin joyga qo‘ying va sovigandan keyin tozalang.
  2. Kartoshka, tuxumning oqi va kolbasani kub shaklida to‘g‘rab oling. Tuxumning sarig‘ini esa mayda qirg‘ichdan o‘tkazing.
  3. Kolbasa, kartoshka, tuxumni navbat bilan likopchaga qolip yordamida soling yoki salat idishidan fotdalaning. Har bir mahsulotni likopchaga solganingizdan keyin unga ozgina mayonez qo‘shing.
  4. Tayyor bo‘lgan salatning ustiga tuxum sarig‘ini seping yoki ko‘katlar bilan bezating. 

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz