Pishloqli krem va qumoq xamirdan tayyorlanadigan pechenye mazali ta’mga ega. Mayiz va yong‘oq pishiriqda yanada mazali ta’mni hosil qiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

6 kishilik porsiya uchun kerakli masalliqlar:

  • un — 240 g
  • shakar — 3 qoshiq
  • tuz — yarim qoshiq
  • sariyog‘ — 170 g
  • pishloqli krem — 170 g
  • vanilin — 1 qoshiq
  • mayiz — 140 g
  • yong‘oq — 140 g
  • jigarrang shakar — 2 qoshiq
  • maydalangan dolchin — 1 qoshiq
  • jem yoki murabbo — 280 g
  • tuxum — 1 dona

Tayyorlanishi:

  1. Unni elakdan o‘tkazing, shakar va tuz bilan aralashtiring. Sariyog‘ni kub shaklida kesib oling, unga pishloqli krem, vanilin va un qo‘shing.
  2. Har bir narsani qo‘llaringiz bilan maydalab oling va qumoq xamir hosil qiling. Xamirni yarmidan bo‘ling. Har bir qismini to‘pga aylantiring, yopishqoq plyonka bilan o‘rang va 1 soat davomida muzlatgichga qo‘ying.
  3. Mayiz va yong‘oqni mayda qilib to‘g‘rang, ularni jigarrang shakar va dolchin bilan aralashtiring.
  4. Xamirning har bir qismini 4-6 mm qalinlikdagi to‘rtburchaklar shaklida qatlamlarga yoyib chiqing. Qatlamlarga murabbo soling va ustiga yong‘oq aralashmasini seping.
  5. Qatlamlarni ruletlarga aylantiring va 30 daqiqa davomida muzlatkichga qo‘ying.
  6. Pechni 180 daraja haroratda oldindan qizdirib oling. Listning ustiga pishiriq qog‘ozini yoying. Tuxumni vilka yordamida ko‘pirtiring.
  7. Ruletni muzlatkichdan olib, ustiga tuxum surting, har bir bo‘lakda 2,5-3 sm oraliqda kesmalar hosil qiling.
  8. Ruletlarni listga qo‘ying va qizargunga qadar 25-30 daqiqa davomida pishiring. Tayyor bo‘lgan pechenyelarni sovutib oling va to‘liq kesib dasturxong torting. 

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz