Tovuq filesi, Pekin karami va limon qo‘shib tayyorlanadigan salat ishtahani ochadi. Bedana tuxumlari salatga o‘zgacha ta’m beradi. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tovuq filesi — 1 dona
  • bedana tuxumi — 6 dona
  • bodring — 1-2 dona
  • Pekin karami — 1 dona
  • limon — 1 dona
  • zaytun yog‘i — 3-4 osh qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • parmezan yoki boshqacha pishloq — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Tovuq filesini 20-25 daqiqa, tuxumni 4-5 daqiqa qaynatib oling. So‘ngra ularni sovitib oling.
  2. Fileni o‘rtacha, bodringni mayda bo‘laklarga va tuxumni yarmiga bo‘ling. Pekin karamini maydalab to‘g‘rab oling.
  3. Limondan 1-2 osh qoshiq sharbatni siqib oling va uni zaytun yog‘i bilan aralashtiring. 
  4. Mahsulotlarni idishga soling va ustiga tuz, murch va limonli sousni qo‘shib, sepib aralashtiring.
  5. Agar xohlasangiz, salatga biroz maydalangan pishloq qo‘shing.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz