Qovoq va qiyma qo‘shib tayyorlanadigan zapekanka juda mazali ta’mga ega. Tuxum taomga o‘zgacha ta’m beradi. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq va yana ozgina moylash uchun
  • qiyma — 400-450 g
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • brokkoli — 250-300 g
  • qovoq — 250 g
  • tuxum — 5 dona

Tayyorlanishi:

  1. O‘simlik yog‘ini tovaga solib, o‘rtacha olovda qizdirib oling. Qiymani solib 5-6 daqiqa davomida qovuring va ta’bga ko‘ra tuz, murch qo‘shing.
  2. Brokkolini 3-4 daqiqa qaynating va sovitishga qo‘ying.
  3. Qovoqni mayda bo‘laklarga yoki somoncha shaklida to‘g‘rab oling.
  4. Qiymani qovoq va brokkoli bilan aralashtiring. Yog‘langan qolipga soling.
  5. Tuxumga tuz va murch qo‘shib ko‘pirtiring. Sabzavotlarni qiyma bilan aralashtirib oling.
  6. Zapekankani taxminan 35 daqiqa davomida 180 daraja haroratda qizdirilgan pechda pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz