Yegulikni bir necha daqiqada tayyorlash mumkin. Lavash xamiriga qo‘shilgan pishloq yegulikni yanada mazali qiladi. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • qattiq pishloq — 140 g;
  • kolbasa — 70 g;
  • yupqa lavash xamiri —1 dona;
  • tuxum — 1 dona;
  • tuz — 1 chimdim;
  • o‘simlik yog‘i — 1 qoshiq.

Tayyorlanishi:

  1. Kolbasa va pishloqni yupqa qilib to‘g‘rab oling. Pishloq bo‘laklari kolbasaga qaraganda ikki barobar ko‘p bo‘lishi kerak;
  2. Lavash xamirini uncha katta bo‘lmagan bir nechta bo‘laklarga bo‘ling; 
  3. Har bir xamir bo‘lagiga biroz pishloq, so‘ngra kolbasa va yana pishloq soling;
  4. Xamir bo‘laklarini uchburchak shaklida qatlab oling. Mahsulotlar solingan qismi yopiq bo‘lishi kerak;
  5. Tuxumga biroz tuz qo‘shib, sanchqi yordamida aralashtiring;
  6. Konvert shaklidagi xamirni tuxum aralashmasiga botirib, 3-5 daqiqa davomida qizargunga qadar qovuring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz