Pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri va mol go‘shti qo‘shib tayyorlanadigan salat nozik ta’mni xush ko‘ruvchilarga juda yoqadi. Ko‘katlar salatning ta’mini yanada mazali qiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • lahm mol go‘shti — 300–350 g
  • bodring — 2 dona
  • bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • pomidor — 2 dona
  • qizil piyoz — yarimta
  • petrushka — ta’bga ko‘ra
  • salat bargi — 1 dona
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • o‘simlik yog‘i — ta’bga ko‘ra
  • soya sousi — ta’bga ko‘ra
  • kunjut — 1 choy qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Mol go‘shtini taxminan 1 soat qaynatib oling. Sho‘rvani esa sovutishga qo‘ying.
  2. Go‘sht, bodring va bulg‘or qalampirini somoncha shaklida, pomidorni katta bo‘laklarga, piyozni mayda qilib to‘g‘rab oling. Petrushka va salat barglarini maydalang.
  3. Hamma mahsulotni idishga solib, tuz va murch bilan aralashtiring. Ustiga zaytun yog‘i, soya sousini soling va kunjut seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz