Pishloqli sous qo‘shib tayyorlanadigan tovuqli frikadelka mazali ta’mga ega. Uni makaron bilan qo‘shib iste’mol qilishingiz mumkin. Ko‘katlar yegulikka o‘zgacha ta’m beradi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Frikadelka uchun kerakli mahsulotlar:

  • ezilgan non bo‘laklari — 90 g
  • qaymoq — 120 ml
  • parmezan yoki boshqa turdagi pishloq — 50 g
  • tuxum — 1 dona
  • sarimsoq — 2-3 donacha
  • tovuq go‘shtidan qilingan qiyma — 900 g
  • tuz — 2 choy qoshiq
  • murch — yarim choy qoshiq
  • sariyog‘ — 30-40 g
  • o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq

Sousga solinadigan masalliqlar:

  • sarimsoq — 1 donacha
  • parmezan yoki boshqa turdagi pishloq — 70-90 g
  • sariyog‘ — 70 g
  • un — 1 osh qoshiq
  • qaymoq — 450 ml
  • tuz — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Ezilgan non bo‘laklarini qaymoq bilan aralashtiring. Parmezanni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Tuxumni ozgina ko‘pirtiring. Sarimsoqni maydalang.
  2. Mahsulotlarga qiyma, tuz, murch qo‘shing va aralashtiring. Dumaloq frikadelkalarni hosil qiling.
  3. Idishga sariyog‘ va o‘simlik yog‘ini solib qizdiring. 8-10 daqiqa davomida frikadelkalarni qovuring. Ularni tarelkaga soling va ustini folga bilan o‘rang.
  4. Sarimsoqni qirg‘ichdan o‘tkazing va pishloqni mayda qilib to‘g‘rang.
  5. Qizdirilgan idishga sariyog‘ni solib eritib oling. Ta’mni yaxshilash uchun sarimsoqni yarim daqiqa davomida qovuring.
  6. Elakdan o‘tkazilgan unni soling. Aralashtirib, taxminan 3 daqiqa qovuring.
  7. Qaymoq va tuzni soling va aralashtirishda davom eting, sousni yana 5-7 daqiqa davomida pishiring. Uni olovdan olib pishloq bilan aralashtiring.
  8. Frikadelkalarni idishga soling qaymoqli sous bilan aralashtirib oling.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz