Jigarrang shakar issiq haroratda erib, tovuq qanotchalarining ta’mini yanada mazali qiladi. Soya sousi taomga o‘zgacha ta’m beradi, unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar:

  • tovuq qanotchalari — 300–1800 g;
  • sarimsoq — 2 donacha;
  • jigarrang shakar — 2 stakan;
  • olma sharbati yoki uzum sirkasi — 2 osh qoshiq;
  • soya sousi — 4 osh qoshiq.

Tayyorlanishi:

  1. Qanotchalarining uchini olib tashlang. Qatlangan joyidan ikkiga bo‘lib kesib oling;
  2. Sarimsoqni maydalang. Shakar, sirka, soya sousi va sarimsoqni aralashtiring. Tayyor bo‘lgan sousni  tovuqning ustiga soling;
  3. Listni folga bilan o‘rang. Tovuq qanotchalarini 1 soat davomida 180 daraja haroratda qizdirilgan pechda pishirib oling;
  4. Folgani olib tashlang. Har bir bo‘lakni ehtiyotkorlik bilan aylantiring va yana 45-60 daqiqa davomida pishiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz