Agar kundalik oilaviy ratsioningizni o‘zgartirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, nonushta uchun mazali fransuz tosti bu borada yaxshi tanlov bo‘la oladi. Atigi 10-15 daqiqada tayyor bo‘ladigan shirinlikka o‘zingizga yoqqan mevalarni qo‘shishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Marie Claire

Kerakli masalliqlar:

  • 6 ta bug‘doy unidan tayyorlangan non bo‘lagi 
  • sut — 2-3 stakan
  • tuxum — 2 ta
  • sariyog‘ — 1 qoshiq
  • vanilin — 1 qoshiq
  • maydalangan dolchin — 1 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
Foto: Maire Claire

Tayyorlanishi:

  1. Chuqur idishda mikser yoki blender yordamida sut, tuxum, vanilin, dolchin va tuzni ko‘pirtiring.
  2. Katta tovaga sariyog‘ soling va uni o‘rtacha olovda qizdiring.
  3. Har bir non bo‘lagini tuxumga botirib oling. Uni tovaga solib qizargunga qadar har tomonini qovurib oling.
  4. Shirinlikka murabbo, asal, yeryong‘oq, kokos qirindisi, rezavor mevalar yoki boshqa o‘zingizga yoqqan mahsulotlarni qo‘shib, dasturxonga tortishingiz mumkin.
Foto: Marie Claire

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz