Sabzavotlar bilan to‘ldirilgan qovoqli taom mazali ta’mga ega. Uni o‘zingizga yoqqan ko‘katlar bezatsangiz ham bo‘ladi. Qovoqli taomni kechki ovqatlanishda tayyorlab oila a’zolaringizni xursand qilishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • tovuq filesi — 500-600 g
  • kartoshka — 2-3 dona
  • sabzi — 1 dona
  • qo‘ziqorin — 100-200 g
  • piyoz — 1 dona
  • qovoq — 1 dona
  • o‘simlik yog‘i — 3 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra 
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • ziravorlar — ta’bga ko‘ra 
  • pishloq — ta’bga ko‘ra 

Tayyorlanishi:

  1. Tovuq filesi, kartoshka, sabzi va qo‘ziqorinlarni o‘rtacha kattalikdagi bo‘laklarga bo‘lib oling. Piyozni maydalang.
  2. Qovoqning yuqori qismini kesib oling va ichidagi urug‘larni olib tashlang. Ichki qismi kattaroq bo‘lishi uchun qovoqning mag‘zini qoshiq bilan olib tashlang.
  3. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Tovuq go‘shti bo‘laklarini har tomondan qovuring. Unga tuz, murch va ziravorlar qo‘shing.
  4. Go‘shtga piyoz, qo‘ziqorinni qo‘shing va yana 3-4 daqiqa davomida qovuring. Ustiga kartoshka, sabzi va to‘g‘ralgan qovoq mag‘zini qo‘shing. Mahsulotlarni o‘rtacha olovda 10 daqiqa davomida idishning qopqog‘ini yopib pishiring.
  5. Qovoqning ichiga qovurilgan mahsulotlarni soling. Qovoqning ustini kesilgan bo‘lagi bilan yoping va  40-50 daqiqa davomida 180 daraja haroratda qizdirilgan pechda pishirib oling.
  6. Taom tayyor bo‘lishdan 10 daqiqa oldin qovoqning ustidagi bo‘lakni olib tashlang va mahsulotlarning ustiga maydalangan pishloq seping.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz